08:49 / 08.10.2022
3977

Paxta klasterlari yo‘q hududlarda fermerlar kooperatsiya tashkil qilishi mumkin

Paxta-to‘qimachilik klasterlari yo‘q hududlarda paxta tozalash korxonalari negizida fermer xo‘jaliklari ixtiyoriy kooperatsiyalari tashkil etiladi.

Foto: Kun.uz

“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, quyidagilar kooperatsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • kooperatsiya a’zolari tomonidan paxta yetishtirish uchun zarur texnika, uskuna, transportdan, paxta tozalash zavodlaridan birgalikda foydalanishni tashkil etish;
  • kooperatsiya va ular a’zolari o‘rtasidagi shartnoma asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘it, urug‘lik, kimyoviy va biologik himoya vositalari bilan ta’minlash;
  • kooperatsiya bilan hamkorlik qilish uchun eksport qiluvchilarni jalb etish, ichki va tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlari o‘tkazish;
  • kooperatsiya a’zolari tomonidan ishlab chiqariladigan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlarni birjada yoki birjada shakllangan narxlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish.
Top