Prezidentning qişloq xöjaligi sohasi vakillari bilan muloqotida ta’kidlanişiça, respublika böylab 3 mingdan ziyod fermer gektaridan örtaça 50–60 sentner, ularning 1,5 mingga yaqini esa 70 sentner atrofida hosil olib, paxtaçilikda öz “tajriba maktabi”ni yaratdi.
Ğalla yetiştirişda ham yuqori körsatkiçlarga erişildi: yangi mahalliy navlar va biotexnologiyalar asosida 8 million 400 ming tonna xirmon yaratildi, örtaça hosildorlik gektariga 85 sentnerga yetdi. Bu körsatkiçga erişişda har bir gektardan 100 sentnerdan hosil olgan 3,5 mingdan ziyod ğallakor fermerning hissasi alohida qayd etilmoqda.
Şolikorlar 268 ming gektar maydonga şoli ekib, 1 million 340 ming tonna hosil oldi, örtaça hosildorlik gektariga 50 sentnerni taşkil etdi. Suv tanqisligi şaroitida 35 ming gektarda suv tejovçi texnologiyalar qöllanilgani va 45 ming gektarda şoli köçat usulida ekilgani natijasida 350 million kub metrga yaqin suv tejalgani ta’kidlanmoqda.








