09:10 / 11.10.2022
6301

O‘zbekiston fuqarolarining Tailandda vaqtincha bo‘lish muddati 30 kungacha uzaytirildi

Tailand vazirlar mahkamasi qarori bilan 2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 31 martgacha bo‘lgan davrda mamlakatga kelgach viza oluvchi (Visa on Arrival) O‘zbekiston fuqarolarining ushbu mamlakatda vaqtincha bo‘lish muddati 15 kundan 30 kungacha uzaytirildi.

Foto: HR

Barcha toifadagi fuqarolar uchun emlash sertifikati yoki PCR-testini taqdim etish talabi bekor qilindi. O‘zbekiston fuqarolariga vizalar Visa on Arrival yozuvi mavjud bo‘lgan maxsus o‘tish yo‘laklarida beriladi.

Ushbu turdagi vizalarni olish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • pasport (Tailanddan ketish rejalashtirilgan kundan boshlab kamida 6 oy amal qilish muddati bilan);
  •  4×6 sm hajmdagi 1 dona fotosurat, oq fonda (viza berilishidan kamida 6 oy oldin olingan bo‘lishi lozim, aeroport hududida ham 10 AQSh dollarga rasmga tushish imkoniyati mavjud);
  • qaytish aviachiptasi nusxasi;
  • bir kishi uchun 2000 bat (taxminan 55 AQSh dollari) viza to‘lovi, to‘lov Tailand batida amalga oshiriladi;
  • Immigratsiya nazoratidan o‘tayotganda fuqarolardan mehmonxonani band qilgani to‘g‘risida hujjat yoki har bir kishi uchun 20 ming Tailand bati (taxminan 550 AQSh dollari) miqdorida mablag‘ mavjudligini tasdiqlash talab qilinishi mumkin.
Top