10:10 / 13.10.2022
13139

Foto: Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash VI sammiti boshlandi

13 oktabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammiti o‘z ishini boshladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham qatnashmoqda. Sammitda shuningdek, Turkiya, Rossiya, Qatar, Ozarboyjon, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari hamda o‘nlab a’zo davlatlarning yetakchilari va tashqi ishlar vazirlari qatnashmoqda. 

Sammit kun tartibiga o‘zaro savdoni ko‘paytirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, samarali transport kommunikatsiyalarini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalari kiritilgan.

Kengash sammiti — suratlarda.

Foto: Akorda
Foto: Akorda
Foto: Akorda
Mavzuga oid
Top