17:03 / 19.10.2022
4082
Yunusobodda «Malibu-2» yuk mashinasining orqa qismiga kelib urildi

Yunusobod tumanida “Malibu-2” avtomashinasi va “Isuzu” yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 13 oktabr kuni soat 23:50 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasida bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan ikkita transport vositasi - “Isuzu” yuk avtomashinasi va “Malibu-2” avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Malibu-2”  avtomashinasi Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasi bo‘ylab Sebzor - Ahmad Donish ko‘chalari kesishgan chorraha tomon harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. 

U tezligi yuqoriligi sababli, oldinda shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan, 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasining orqa chap qismiga kelib urilgan.

Urilish natijasida “Malibu-2” avtomashinasi yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib to‘xtagan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yuq. 

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid
Top