13:36 / 20.10.2022
8271
Toshkentda Kia va Spark ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Shayxontohur tumanida Kia va Spark avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 20 oktabr kuni soat 09:45 larda Toshkent shahar Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasida YTH sodir bo‘lgan.

Haydovchilar, 1999 yilda tug‘ilgan M.Q. boshqaruvidagi Kia rusumli avtomashina hamda 1985 yilda tug‘ilgan X.T. boshqaruvidagi Spark avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.

Hodisa natijasida tan jarohatlari olganlar yuq.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid
Top