Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Tailanddan avtomobil va xalq tabobati mahsulotlari sotib olishni yo‘lga qo‘ymoqchi
O‘zbekistonning Bangkokdagi bosh konsuli Tailand Savdo vazirligi Xalqaro savdo muzokaralari departamenti bosh direktori Oramon Saptavitham bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Foto: Dunyo
Tomonlar O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, kimyo sanoati mahsulotlari, Tailanddan esa avtomobil, elektrotexnika sanoati, qishloq xo‘jaligi, kosmetika va xalq tabobati mahsulotlari savdosini jadallashtirish xususida fikr almashdi.
Oramon Saptavitham o‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish maqsadida mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish uchun biznes doiralari vakillarining o‘zaro tashriflarini ko‘paytirish muhimligini va ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Tailandning xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlariga alohida e’tibor qaratildi. Tailand O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
15:46 / 17.01.2026
Avtomobil bozorida dinamika: Toshkent shahrida savdo kamaygan
14:11 / 17.01.2026
Captiva’ning omadsiz qaytishi, bozori chaqqon Yuan Up va Sonet. O‘zbekiston avtomobil bozori qanday o‘zgaryapti?
11:16 / 15.01.2026
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi ikki barobardan ortiq o‘sishi kutilmoqda
13:50 / 14.01.2026