19:41 / 30.10.2022
27534
«Nasaf» «Navbahor»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi

O‘zbekiston kubogi finali doirasida «Navbahor» va «Nasaf» o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. 120 daqiqa davom etgan Buxorodagi hal qiluvchi o‘yinda Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi Samvel Babayan shogirdlarini mag‘lub etdi.

Foto: Tribuna.uz

«Buxoro» sport majmuasiga muxlislar oqimi 3-4 soat avval boshlanib, final boshlangunga qadar 22 mingdan ortiq tomoshabinga mo‘ljallangan arenada 18 mingga yaqin tomoshabin to‘plandi.

Uchrashuv ikki tomonning ehtiyotkor harakatlari bilan boshlangan bo‘lsa-da, Ro‘ziqul Berdiyev murabbiyligidagi jamoa dastlabki daqiqalardan o‘yindagi ustunlikni o‘z qo‘liga olishga intildi. 29-daqiqaga kelib stadion larzaga keldi. Marko Stanoyevichning uzatmasini Akmal Mozgovoy darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida esa Zoran Marushichning ajoyib uzatmasini Doniyor Abdumannopov qarshiliklar darvozasiga yo‘llab, hisobdagi muvozanatni tikladi – 1:1.

Ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida vohaliklar hujumkorlikni oshirgan bo‘lishsa-da, vodiy klubi himoyada bexato o‘ynab, bahsning 120 daqiqa davom etishini ta’minladi.

Ekstra-taymlarning birinchisida esa qarshiliklar forvardi Lima Kruz 100-daqiqada stadionni larzaga keltirib, jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1.

Shu tariqa, ushbu gol «Nasaf»ga O‘zbekiston kubogida g‘oliblikni keltirdi. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi o‘tgan yil Samarqanddagi kubok finalidan keyin Buxoroda ketma-ket ikkinchi kubok egasiga aylandi. 

30 oktabr (yakshanba)
O‘zbekiston kubogi. Final 
«Navbahor» – «Nasaf» 1:2

Gollar:Doniyor Abdumannopov 57 - Akmal Mozgovoy 29, Lima Kruz 100.
«Navbahor»: 1.O‘tkir Yusupov, 4.Boyan Tsiger, 6.Rustam Ashurmatov, 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboyev, 20.Doniyor Abdumannopov (17.Diyorbek Turopov, 83), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 24.Davron Hoshimov (28.Stanislav Andreyev, 70), 32.Zoran Marushich, 77.Asadbek Sobirjonov.
«Nasaf»: 35.Abduvohid Ne’matov, 2.Alibek Davronov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Sharof Muhitdinov (34.Sherzod Nasrullayev, 63), 8.Dilshod Saitov (27.Zafarmurod Abdirahmatov, 98), 19.Mateus Lima Kruz, 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov (18.Bahrom Abdurahimov, 63), 88.Marko Stanoyevich, 92.Umar Eshmurodov.

Mavzuga oid
Top