03:47 / 03.11.2022
21563

YeChLda guruh bosqichi yakunlandi. Pley-offga chiqqan va Yevropa Ligasiga tushib ketgan barcha jamoalar ma’lum

Yevropa Chempionlar Ligasida guruh bosqichi yakunlandi.

Ye guruhida «Milan» (10) o‘z uyida «Zalsburg»ni (6) tor-mor etib, 2-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi. Pley-off masalasini hal qilib ulgurgan «Chelsi» (13) «Dinamo» Zagrebdan (4) ustun keldi.

F guruhida «Real» (13) o‘z maydonida «Seltik»ka (2) javobsiz 5ta gol urib, 1-o‘rin bilan pley-offga chiqdi. «Leypsig» (12) esa «Shaxtyor»dan (6) 1-davradagi mag‘lubiyat (1:4) uchun revansh olib, guruhdagi ikkinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

G guruhida «Manchester Siti» (14) «Sevilya» (5) ustidan irodali g‘alabaga  erishdi. «Borussiya D» (9)  Kopenhagenda durang o‘ynadi.

N guruhida «PSJ» (14) Turinda «Yuventus»ni (3) mag‘lub etdi, «Benfika» (14) Hayfada «Makkabi»ga (3) 6ta gol urdi. Fransiya va Portugaliya jamoalarida to‘plar nisbati ham bir xil ko‘rinish oldi — 16:7. Lissabonliklar safarda ko‘proq gol (9) urgani uchun Parij jamoasidan (6) peshqadamlikni tortib oldi.

Shu tariqa guruh bosqichida qatnashgan 32 jamoadan 16tasi pley-offga yo‘llanma oldi, 8tasi Yevropa Ligasiga tushib ketdi, yana 8tasi esa yevrokuboklar bilan xayrlashdi. 

Foto: UEFA

1-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqqanlar — «Napoli», «Portu», «Bavariya», «Tottenhem», «Chelsi», «Real», «Manchester Siti», «Benfika». 

2-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqqanlar — «Liverpul», «Bryugge», «Inter», «Ayntraxt», «Milan», «Leypsig», «Borussiya» D, «PSJ».

3-o‘rinni olib, Yevropa Ligasiga tushib ketganlar — «Ayaks», «Bayyer», «Barselona», «Sporting», «Zalsburg, «Shaxtyor», «Sevilya», «Yuventus».

Pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi 7 noyabr kuni o‘tkaziladi.

YeChL. 6-tur. 2 noyabr

Ye guruhi
Milan — Zalsburg 4:0
Gollar:
Jiru (14, 57), Krunich (46), Messias (90+1).
Milan – Teterushanu, Kalulu (Gabbiya, 86), Ker, Tomori, Ernandes (Ballo-Ture, 78), Krunich (de Ketelare, 78), Binnosir (Pobega, 69), Tonali, Jiru, Rebich, Leau (Messias, 69). 
Zalsburg – Ken, Dedich, Sole (Bernardo, 46), Pavlovich, Veber (Ulmer, 77), Zayvald, Kergor, Suchich, Gurna-Duat (Kameri, 64), Okafor (Koyta, 77), Adamu (Sheshko, 62).

Chelsi — Dinamo Zagreb 2:1
Gollar:
Sterling (18), Zakariyo (30) — Petkovich (7). 
Chelsi – Mendi, Aspilikueta, Kulibali (Silva, 65), Chaloba, Chiluell, Jorjino, Zakariyo (Loftus-Chik, 71), Maunt, Haverts (Gallaher, 64), Obameyang (Broya, 64), Sterling (Pulishich, 83). 
Dinamo Z – Livakovich, Muharrami, Ristovski (Emreli, 69), Perich, Shutalo, Lyubichich, Ademi (Bulat, 83), Mishich, Ivanushets, Orshich (Shpikich, 89), Petkovich (Drmich, 83).

F guruhi
Real — Seltik 5:1
Gollar:
Modrich (6, penalti), Rodrigo (21, penalti), Asensio (51), Vinisius (61), Valverde (71) — Jota (84).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Yuranovich (35).
Real – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 64), Alaba (Nacho, 66), Militao (Valexo, 73), Mendi, Modrich (Sebalos, 66), Kroos, Valverde, Asensio, Vinisius (Benzema, 64), Rodrigo. 
Seltik – Hart, Yuranovich, Starfelt, Yyens, Teylor, Muy (Ternbull, 63), O`Rayli, Hatate (Abilgor, 82), Abada (Jota, 63), Furuhasi (Yakumakis, 62), Maeda (Hakshabanovich, 63).

Shaxtyor — Leypsig 0:4
Gollar:
Nkunku (10), Silva (50), Soboslai (62), Olmo (68).
Shaxtyor – Trubin, Konoplya (Teylor, 59), Matviyenko, Bondar, Mixaylichenko, Petryak, Mudrik (Totovitskiy, 74), Stepanenko, Sudakov (Jurasek, 59), Bondarenko (Kriskiv, 81), Traore (Sikan, 59). 
Leypsig – Blasvix, Simakan (Henriks, 67), Orban, Gvardiol, Raum (Halstenberg, 67), Kampl, Shlager (Diallo, 74), Soboslai (Olmo, 67), Silva, Verner (Forsberg, 19), Nkunku.

G guruhi
Manchester Siti — Sevilya 3:1
Gollar:
Lyuis (52), Alvares (73), Mahrez (83) — Mir (31). 
Manchester Siti – Ortega, Lyuis (Kanselu, 85), Laport, Diash, Gomes (Uilson-Esbrand, 70), Gundo‘g‘an (Silva, 57), Foden, Palmer (de Bryuyne, 70), Grilish (Rodri, 46), Mahrez, Alvares. 
Sevilya – Bunu, Montel, Rekik, Teysheyra (Gudel, 45), Karmona, Akunya (Telles, 46), Isko (Lamela, 57), Rakitich (Jordan, 67), Dileyni, Gomes (Suso, 46), Mir.

Kopenhagen — Borussiya D 1:1
Gollar:
Haraldsson (41) — Azar (23). 
Kopenhagen – Grabara, Diks (Yyelert, 79), Vavro, Lund, Sorensen (Kristiansen, 58), Klasson (Falk, 70), Lerager, Klem, Haraldsson, Bardegji (Youhannesson, 70), Darami (Ouskarsson, 79).
Borussiya D – Kobel (Mayyer, 46), Hummels (Zyule, 46), Shlotterbek, Azar (Kulibali, 73), Jan, O‘zjan (Mukoko, 63), Reyna (Brandt, 63), Passlak, Modest, Malen, Adeyyemi.

N guruhi
Yuventus — PSJ 1:2
Gollar:
Bonuchchi (39) — Mbappe (13), Mendesh (69). 
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Sandro, Gatti, Kuadrado (Barrenechea, 88), Kostich, Rabo, Lokatelli (Soule, 85), Fajoli (Barberi, 88), Miretti (Keza, 74), Milik. 
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Ramos, Markinos, Bernat (Mendesh, 68), Verratti (Pereyra, 88), Ruis (Sanshesh, 21), Soler (Ekitik, 68), Vitinya, Messi, Mbappe.

Makkabi Hayfa — Benfika 1:6
Gollar:
Sheri (26, penalti) — Ramsh (20), Musa (59), Grimaldo (69), R.Silva (73), Arauju (88), Mariu (90+2).
Makkabi H – Koen, Goldberg, Sek, Kornyu (Menahem, 85), Lavi, Abu-Fani, Al-Faz (Arad, 77), Meir (Atsili, 63), Sheri, David (Tshibota, 63), Perro (Rukavitsa, 77).
Benfika – Vlaxodimos, Ba, Otamendi, A.Silva (Verissimo, 88), Grimaldo, Mariu, R.Silva (Arauju, 82), Eursnes (Shikinyu, 32), Florentinu, Neres (Gonsalvesh, 82), Ramush (Musa, 32).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top