19:47 / 04.11.2022
14011

Chirchiqda tomorqasi yonidagi jarlikka tushib ketgan erkak qutqarildi

Jarlikdan olib chiqilgach, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan fuqaroning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

FVV axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa 3 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Toshkent viloyati Chirchiq shahar Gulshan ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tomorqasi ortidagi chuqurlikka tushib ketadi.

Soat 18:40 larda uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab, Chirchiq shahar FV bo‘limiga tashvishli xabar kelib tushadi.

“Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlar yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi”, deyiladi FVV xabarida.

Mavzuga oid
Top