Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda zovurga tushib ketgan Cobalt qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olindi
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida zovurga tushib ketgan Cobalt avtomobili FVV qutqaruvchilari tomonidan maxsus texnika yordamida chiqarib olindi. Hodisa natijasida hech kim jarohatlanmadi.
Foto: Videodan kadr
Kuni kecha Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Mirzaobod tumani «Yo‘ldoshobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi zovurga Cobalt rusumli avtomobil tushib ketgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida transport vositasi yo‘ldan chiqib ketib, suvga ag‘darilgan.
Xabar berilgan manzilga Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobilni zovurdan chiqarib olgan.
Ma’lum qilinishicha, haydovchi hodisa ro‘y berishi bilanoq mashinadan chiqib, xavfsiz hududga chiqib olgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid kuzatilmagan. Voqea yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
17:08 / 22.11.2025
Cobalt bozorda yetakchi: umumiy ishlab chiqarishning qariyb uchdan biri shu model hissasiga to‘g‘ri keldi
10:55 / 21.11.2025