16:20 / 06.11.2022
22253
Xersondan olib ketilayotgan qariyalar, Kiyevda xavf ostida qolgan jonivorlar. Urush suratlari

Urushning 255-kunidagi asosiy ma’lumotlar:

  • Eron tashqi ishlar vaziri Rossiyaga harbiy dronlar yetkazib berilgani faktini ilk bor tan oldi. Ammo u dronlar urushdan oldin va katta bo‘lmagan miqdorda yetkazib berilganini aytdi. Ukraina prezidenti buni yolg‘on deb atadi va ukrain harbiylari kuniga o‘rtacha o‘nta eronliklar dronini urib tushirayotganini ma’lum qildi. Bunga qadar Moskva ham, Tehron ham avgust oyida harbiy harakatlar maydonida paydo bo‘lgan dronlar Erondan Rossiyaga yetkazib berilayotganini rasman inkor etayotgandi.
  • Rossiya Xerson yaqinida Dnepr daryosidan suzib o‘tish vositalarini portlatib yuborgan. Bu esa daryoda katta hajmda yonilg‘i-moy moddalari yig‘ilishiga olib kelgan, Xerson oblasti harbiy ma’muriyati bu ekologik falokat tahdidini yuzaga keltirganini aytmoqda.
  • Yevgeniy Prigojin «Kepka Prigojina» telegram-kanali go‘yoki o‘ziga tegishli emasligini aytdi - bu kanal shu vaqtgacha uning matbuot xizmati orqali OAV savollariga javob qaytarib kelardi. Shundan so‘ng uning matbuot xizmati bo‘lgan «Konkord» guruhi telegramda ochilgan yangi kanal uning rasmiy sahifasi ekanini bildirdi.
  • Xerson san’at muzeyidan ma’lum qilishlaricha, Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyat evakuatsiya bahonasida eksponatlarni Qrimga olib ketgan.
  • Rossiyaliklarning iyul-sentabr oylarida possovet hududidagi mamlakatlarga tashrifi bo‘yicha so‘nggi yillardagi rekord ko‘rsatkichlar qayd etildi.
  • Anneksiya qilingan Melitopolda yetti yil muqaddam buzib tashlangan Lenin haykali tiklandi.

Quyida 5 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xerson oblastida qariyalar uyidagi aholining ko‘chirilishi

Rossiya FVV xodimlari Xerson oblastidagi qariyalar uyida yashovchilarni olib ketmoqda. Hududning Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati so‘nggi haftalarda aholi harbiy harakatlar kuchayishi tufayli tahdid yuzaga kelishi ortidan «ko‘chirilayotgani»ni ma’lum qilgan. Lekin ukrain armiyasi so‘nggi haftalarda Xersonda qarshi hujumni faollashtirgani ko‘zga tashlanmadi.
​​​​​​
EPA / Scanpix / LETA
Qariyalar uyi yashovchisi divanda o‘tirib «evakuatsiya» boshlanishini kutmoqda. Bu yerdan 400 kishi avtobuslar orqali Qrimga olib ketilgan, bu yerdan ularni poyezdlarda Rostov va Voronej oblastlariga jo‘natishadi.
EPA / Scanpix / LETA
Rossiya FVV xodimi keksa yoshli kishiga hamrohlik qilmoqda.
EPA / Scanpix / LETA
Avtobus oynasidan qarayotgan keksa yoshli kishi
EPA / Scanpix / LETA
FVV xodimi qariyalar uyi yashovchilaridan birini yuklari bilan avtobusga olib ketmoqda. To‘shakka yotib qolgan patsiyentlarni Qrimga tez yordam mashinalarida eltishadi.
EPA / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastidagi yerosti turargohida konsert 

N. V. Lisenko («Sxіd Opera») nomidagi Xarkiv opera va balet teatri artistlari Xarkivdagi Nikolsky savdo markazi yerosti avtoturargohida chiqish qilmoqda. Dastur doirasida ukrain va yevropalik kompozitorlar ijod namunalari, shuningdek xalq qo‘shiqlari kuylangan. Konsert xavfsizlik nuqtayi nazaridan yer ostida uyushtirilgan — Xarkiv doimiy ravishda o‘qqa tutilmoqda.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Avtoturargohda tashkil etilgan konsert tomoshabinlari
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Konsert vaqtida doira hosil qilib raqs tushayotgan tomoshabinlar
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Donetsk oblastidagi rossiyalik harbiylarga oziq-ovqat yetkazilishi

Penzen oblastidan Donetsk oblastidagi rossiyalik harbiylar tomonidan egallab olingan Yasinovataya shahriga yuborilgan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zarur buyumlar. Bular Kuznetsk shahri aholisi tomonidan to‘plangan.
Mixail Tereshchenko / TASS
Penzen oblastidan frontdagi harbiylar uchun yuborilgan yordamni tashiyotgan harbiy xizmatchi
Mixail Tereshchenko / TASS
Yuk mashinasidan rossiyalik harbiylar uchun yuborilgan oziq-ovqat va buyumlarni tushirish jarayoni
Mixail Tereshchenko / TASS
Kuznetskdan Yasinovatayaga yetkazilgan asal
Mixail Tereshchenko / TASS

Xerson oblastida front chizig‘i yaqinidagi qishloq 

Xerson oblastidagi uylardan biriga zarba kelib tushishi oqibatida hovlida snaryaddan hosil bo‘lgan o‘ra. So‘nggi haftalarda Rossiya artilleriyasi ukrainlarning Xerson oblastidagi yurishini to‘xtatdi (yoki kamida sekinlashtirdi).
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA
Xerson oblastida vayron bo‘lgan avtomobil ko‘prigi
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA
Xerson oblastida yashovchi Nadejda va Natalya o‘tin arralamoqda
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA
Xerson oblastida yashovchi Viktor va Olga o‘z uyida
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA
Xerson oblastidagi posyolkalardan birida deraza siniqlari va boshqa vayrongarchilik izlari ko‘rinib turgan maktab sinfxonasi
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA

Kiyev oblastidagi hayvonot bog‘i qishga tayyorlanmoqda

 

«XII Mesyatsev» hayvonot bog‘idagi jirafa voleri. Urush davrida va ayniqsa sovuq kunlar kelishi bilan hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar soni hatto pandemiya davridagidan ham past darajaga tushib ketgan, shu tufayli hayvonot bog‘lari egalari jonivorlarni saqlab turish uchun xayriya mablag‘laridan umid qilishmoqda. Foto: Ed Ram / Getty Images
Kiyev oblasti Demidov qishlog‘idagi «XII Mesyatsev» hayvonot bog‘idagi tuyalar (baktrianlar - Baqtriyadan olingan). Markaziy Osiyo iqlimida yashashga moslashgan bo‘lsa-da, bu tuyalar minus darajali haroratga ham yaxshi dosh beradi.
Ed Ram / Getty Images
«XII Mesyatsev» hayvonot bog‘ida itlar uchun voler
Ed Ram / Getty Images
Kiyev oblasti Demidov qishlog‘idagi «XII Mesyatsev» hayvonot bog‘idagi flamingolar. Flamingolar oilasiga oltita tur kiradi, ammo ularning barchasi subtropik va tropik iqlimda yashaydi — bu turlar O‘rta Yer dengizi sohillaridan shimolda tarqalmagan. Sovuq qishdan omon chiqishi uchun qushlarga issiqlik talab etiladi.
Ed Ram / Getty Images
«XII Mesyatsev» hayvonot bog‘i xodimi jonivorlarga issiqlikni ta’minlashi ko‘zda tutilgan yangi isitish tizimini tekshirmoqda. Uning ishlashi uchun ham elektr talab etiladi va rejali o‘chirishlar fonida hayvonot bog‘i generatorlarga tayanadi.
Ed Ram / Getty Images

Suv ostida qolgan Demidov

Kiyev oblasti Demidov qishlog‘i atrofida suv ostida qolgan hududlar. Demidovda 2022 yil martidan buyon suv sathi yuqoriligicha qolmoqda, o‘shanda rossiyaliklar bosqinini to‘xtatish uchun Irpin daryosi to‘g‘oni daryo suvi Kiyev suv omboriga quyilish joyida buzib tashlangandi
Ed Ram / Getty Images
Demidovdagi tomorqada to‘plangan o‘tin. Oktyabr oyidan Rossiya Ukraina energiya tizimini yakson qilish kampaniyasini boshladi, bu esa energiya ta’minoti va isitish tizimini xavf ostida qoldirgan. Kiyev oblastida rejali o‘chirishlar amalga oshirilmoqda. Aholining katta qismi o‘tin yoqiladigan pechkalar orqali uyini isitishiga to‘g‘ri kelmoqda. Foto: Ed Ram / Getty Images
Kiyev oblasti Demidov qishlog‘ida Irpin daryosida baliq ovlayotgan kishi. Qishloqning bir qismi 2022 yil martidan buyon suv ostida qolmoqda
Ed Ram / Getty Images
Demidovda suv ostida qolgan maydon. Irpin daryosidagi to‘g‘on buzib tashlanishi oqibatida qishloq va uning atrofida botqoqlik yuzaga kelgan, bu esa Rossiya armiyasining Kiyevga yurishini to‘xtatib qolgandi. Bu orqali Ukraina poytaxti mudofaasini tayyorlash uchun vaqtdan yutilgan.
Ed Ram / Getty Images
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top