RF qöşini 8 mayga ötar keçasi Ukraina böylab yopirilma zarbalar yölladi, deb xabar qildi Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi. Ukrain harbiylari ma’lumotiga köra, tinç aholi vakillari yaralangan, köp qavatli uylar va boşqa fuqarolik hamda energetika infratuzilmalari obektlari vayron bölgan yoki şikastlangan.

Rossiya qöşini Poltava, Kirovograd, Zaporijjya, Lviv, Ivano-Frankovsk va Vinnitsa oblastlaridagi elektr energiyasi işlab çiqariş va uzatiş obektlariga hujum qilgan, deb xabar berdi Ukraina energetika vaziri German Galuşçenko. DTEK energetika kompaniyasi Rossiya uçta issiqlik elektr stansiyasiga hujum qilgani va uskunalar jiddiy şikastlanganini ma’lum qilgan.

Mamlakat içki işlar vaziri Igor Klimenkoning ma’lum qilişiça, Rossiya qöşini Ukrainaning jami yettita regioniga hujum qilgan. Uning sözlariga köra, energetika obektlari, 30 ga yaqin turar joylar, jamoat transporti, avtomobillar, şuningdek Zaporijjyadagi öt öçiriş-qutqariş qismi şikastlangan. Uç kişi yaralangani ma’lum: Kiyev oblastida ikki kişi, Kirovograd oblastida bir bola jabrlangan.

Kiyev oblasti ma’muriyati rahbari Ruslan Kravçenkoning ma’lum qilişiça, oblastda turar joy obektlari yoki öta muhim infratuzilma obektlariga zarbalar kelib tuşmagan. «Şu bilan birga, oblastning tört hududida parçalar tuşişi holati kuzatildi», — deya xabar qilgan Kravçenko. Uning sözlariga köra, tinç aholi vakillaridan ikki nafari yaralangan. Ular fuqarolik infratuzilma obektidagi yonğin vaqtida jarohatlangan, deb xabar beradi Brovari şahri meri Igor Sapojko. Kravçenkoning aniqlik kiritişiça, oblastda elektr tarmoqlari liniyasi şikastlangan, qişloqlardan birida elektr öçgan. Parçalar tuşişi oqibatida 14 ta xususiy uyl va bir avtomobil şikastlangan.

Kiyev oblastida raketa zarbasi oqibatlarini bartaraf etayotgan qutqaruvçilar, 2024 yil 8 may
Ukraina FVDX

Lviv oblastida Rossiya qöşini energetika infratuzilmasining ikki obektiga hujum qilgan, deb xabar beradi region harbiy ma’muriyati boşliği Maksim Kozitskiy. Uning sözlariga köra, ertalabki soat beş atrofida rossiyaliklarning qanotli raketalari Çervonograd rayonidagi elektr energiyasi işlab çiqariş obektiga kelib urilgan, ikki joyda yonğin çiqqan. Bundan taşqari, rossiyaliklar raketasi urilişi oqibatida Striysk rayonida energetika infratuzilma obekti şikastlangan. Oblastda ertalabki soat 06:27 da e’lon qilingan takroriy havo trevogasi çoğida Rossiya qöşini «Kinjal» raketalarini qöllagan. Kozitskiyning sözlariga köra, kritik va turar joy infratuzilmalari şikastlanmagan. Jarohatlanganlar yöq.