15:01 / 07.11.2022
6923

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

7 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Milliy kengashi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga o‘zining salomi va ezgu tilaklarini bildirdi.

O‘zbekiston prezidentining joriy yil 20-21 oktabr kunlari Turkmanistonga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi davomidagi oliy darajali uchrashuv va tadbirlar natijalari yuksak baholandi.

Erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni, faol parlamentlararo muloqotlar va almashinuvlarni davom ettirish orqali amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Shu hafta oxirida Samarqandda o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid
Top