16:10 / 11.11.2022
27029
Foto: Samarqandda birinchi xonimlar uchun ko‘rgazma tashkil etildi

Samarqandda o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitida ishtirok etish uchun kelgan ayrim davlat rahbarlari O‘zbekistonga o‘z rafiqalari bilan tashrif buyurishgan. Ularga milliy san’atimiz va hunarmandchiligimizning namunalari namoyish etildi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Jumladan, Turkiya prezidentining rafiqasi Emine Erdo‘g‘an, Ozarboyjon Respublikasi prezidenti rafiqasi, mamlakat vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva hamda Vengriya bosh vazirining rafiqasi Aniko Levayni O‘zbekiston prezidentining rafiqasi, birinchi xonim Ziroatxon Mirziyoyeva kutib oldi.

Ularga milliy san’atimiz va hunarmandchiligimizning namunalari namoyish etildi.

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva o‘z Telegram-kanalida tadbirlar mehmonlarda katta taassurot qoldirayotgani va ularni hayratlantirayotganini yozdi:

«Kecha biz Samarqand sammitining muhtaram mehmonlari — Emine Erdo‘g‘an, Mehribon Aliyeva va Aniko Levayni xursandchilik bilan kutib oldik. Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning birinchi xonimlari uchun maxsus «O‘zbekiston ranglari» ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ekspozitsiya mehmonlarda katta taassurot qoldirdi va hayratlantirdi».

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

 

Mavzu
Samarqandda Turkiy davlatlar sammiti
11 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi tashkillashtirildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top