21:01 / 14.11.2022
14043
Putin xorijliklarning Rossiya armiyasida xizmat qilishiga ruxsat berdi 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet el fuqaroligiga ega shaxslarga Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilishiga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. 

Foto: RIA Novosti

Tegishli farmon dushanba kuni huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilindi. 

Hujjat Rossiya Federatsiyasi prezidentining 1999 yil 16 sentabrdagi 1237-son qarori bilan tasdiqlangan Harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritadi. 

O‘zgartirishlarga ko‘ra, harbiy xizmat «fuqaroligi bo‘lgan, shu jumladan chet davlat fuqaroligi yoki yashash uchun ruxsatnomasi yoki doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjati bo‘lgan askarlar, matroslar, serjantlar, brigadirlar, harbiy xizmatchilar tomonidan chaqiruv asosida amalga oshiriladi». 

Shuningdek, ushbu farmon xorijiy fuqarolarning Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari va harbiy tuzilmalarida tinchlik davrida harbiy xizmatni o‘tash tartibini, harbiy xizmatni o‘tash uchun shartnoma (kontrakt) tuzish va uni bekor qilish tartibini ham belgilaydi.

Mavzuga oid
Top