08:22 / 14.11.2022
8380

Xersonning ozod qilingan qismida aholiga o‘zini evakuatsiya qilish tavsiya etildi

Xerson viloyatining o‘ng qirg‘oq qismi aholiga Rossiya o‘qqa tutishi ehtimoli yuqoriligi sababli xavfsizroq hududlarga evakuatsiya qilish «qat’iy tavsiya etiladi». Bu haqda mintaqa harbiy ma’muriyati rahbari Yaroslav Yanushevich o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi. 

Foto: PAVLA KIRILeNKO

Uning so‘zlariga ko‘ra, rus armiyasi qochib ketayotganida «umidsizlikdan tinch odamlar bilan jang qilishni boshlaydi». 

Bundan tashqari, o‘ng qirg‘oqda elektr, issiqlik va suv ta’minotini ta’minlovchi muhim infratuzilma ham shikastlangan, deb ta’kidlab o‘tdi Yanushevich.

Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, rus armiyasining Xersondan olib chiqilishi Rossiya Federatsiyasi «obro‘siga katta putur yetkazadi», chunki u urush boshidan beri ushbu qo‘shinlar tomonidan qo‘lga kiritilgan yagona mintaqaviy markaz edi. 

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining Twitter'da e’lon qilingan hisobotiga ko‘ra, «qo‘shinlarning olib chiqilishi - Dnipro g‘arbiy qirg‘og‘ida Rossiya qo‘shinlari duch kelayotgan qiyinchiliklarning oshkora tan olinishidir». 

Britaniya harbiylarining taxmin qilishicha, qo‘shinlarni olib chiqish 2022 yil 22 oktyabrda boshlangan bo‘lishi mumkin, o‘shanda Xersonda Rossiya tomonidan tayinlangan rasmiylar tinch aholini shaharni tark etishga chaqirgandi. 

Ta’kidlanishicha, rossiyalik harbiylar, jumladan, fuqarolik kiyimida, 80 000 nafar «evakuatsiya qilinganlar» bilan birga shaharni tark etgan bo‘lishi mumkin. 

Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari bu jarayon davomida Dnipro bo‘ylab o‘tgan avtomobil va temiryo‘l ko‘priklarini vayron qilgan. 

«Ehtimol, Rossiya hamon daryo orqali mintaqaning boshqa hududlaridan kuchlarini sharqiy qirg‘oqdagi mudofaa pozitsiyalariga evakuatsiya qilishga urinmoqda», deyiladi hisobotda.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top