Anneksiya qilingan Xerson oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan «rahbari» Vladimir Saldo Ukraina qurolli kuçlari 1 yanvarga ötar keçasi Qora dengiz sohili böyidagi Xorli qişloğida joylaşgan mehmonxona va kafega uçta dron bilan hujum qilgani haqida xabar berdi. Bu vaqtda binoda yangi yilni nişonlaş uçun yiğilgan 100 ga yaqin kişi bölgan. Saldoning sözlariga köra, zarba «kurant bong urişi arafasida» berilgan.
Dronlardan birida yonuvçi aralaşma bölgan, zarba natijasida yonğin kelib çiqqan, dedi Saldo.
Anneksiya qilingan region «ma’muriyati»ning dastlabki ma’lumotida zarba oqibatida 24 kişi halok bölib, 29 kişi yaralangani aytilgandi. «Kuçli yonğin tufayli köplab odamlarni qutqarişning imkoni bölmadi. Yonğin faqat tongga kelib öçirildi», – degan Saldo.
Hududda 2 va 3 yanvar kunlari motam kuni deb e’lon qilingan.
Keyinroq RF tergov qömitasi qurbonlar soni 27 nafarni taşkil etayotganini ma’lum qildi. Yana 31 kişi turli darajada tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan, şundan beş nafari bolalar. Terakt moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan.
Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi esa Rossiya tomoni ayblovini rad etib çiqdi. Boş ştab spikeri Dmitro Lixoviy ukrain harbiylari «faqat duşmanning harbiy nişonlari va böylab» berilişini ma’lum qildi.
Lixoviy, şuningdek, Rossiya Federatsiyasi ilgari xalqaro hamjamiyatga va tinçlik muzokaralarining borişiga ta’sir ötkaziş maqsadida bir neça bor dezinformatsiyaga murojaat qilganini aytdi. «Ukraina mudofaa kuçlari Xalqaro gumanitar huquq normalariga amal qiladi, faqat duşmanning harbiy nişonlariga, Rossiya Federatsiyasining yoqilği-energetika majmuasi obektlariga va boşqa qonuniy nişonlarga zarba beradi», – degan u.
Lixoviy Rossiya Federatsiyasi ilgari xalqaro hamjamiyatga va tinçlik muzokaralarining borişiga ta’sir ötkaziş maqsadida bir neça bor dezinformatsiyaga qöl urganini eslatgan.


















