Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya O‘zbekistonga Afg‘onistondan evakuatsiya bo‘yicha yordam uchun minnatdorlik bildirdi
Germaniya O‘zbekistonga Yevropa mamlakatlari fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishdagi yordam uchun minnatdorlik bildirdi.
Germaniya hukumati O‘zbekistonga Yevropa mamlakatlari fuqarolarini Afg‘onistondan shoshilinch evakuatsiya qilish chog‘ida hamkorlik qilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan e’lon qilingan rasmiy xabarda: "Ushbu jarayonni O‘zbekiston bilan hamkorliksiz uddalab bo‘lmas edi", – deya qayd etilgan.
"Germaniya Toshkent aeroporti orqali o‘z fuqarolarini xavfsiz hududga olib chiqib, Germaniyaga yetkazdi, – deb yozilgan elchixona bayonotida. – Ushbu imkoniyatni tez va samarali ta’minlagan O‘zbekiston hukumati hamda barcha tegishli idoralarga minnatdorlik bildiramiz".
Mavzuga oid
09:56 / 11.07.2026
Ryanair reysida illyuminator sindi, yo‘lovchi jarohatlandi
10:35 / 08.07.2026
Germaniya mudofaa uchun rekord mablag‘ ajratadi
11:05 / 07.07.2026
Kanada Germaniyadan 12 ta zamonaviy suvosti kemasini sotib oladi
14:26 / 05.07.2026