1875 yilda Qöqon şahri soxta Pölatxon boşçiligidagi qözğolonçilar tomonidan egallanadi. Xudoyorxon Toşkentga, Kaufman huzuriga qoçib keladi. Taxtdan ayrilgan bölsa-da, xalq orasida ta’siri kuçli bölgan sobiq xonning Toşkentda yaşaşi ruslar uçun birmunça xavfli edi. Şu sababli Kaufman Sankt-Peterburgga yuboryapman deb aldab, Xudroyorxonni Orenburgga surgunga jönatadi. Surgunda ikki yil zörğa yaşagan sobiq xon Orenburgdan qoçadi. Hajga borib, Arabistondan qaytişda yölda vafot etadi.

Xudoyorxon deganda köz öngimizga «Ötgan kunlar» filmidagi kişiga muloyim qarab turguvçi istarali yigit gavdalanadi. Markaziy Osiyodagi yirik bir davlatning sönggi hukmdori va uni qariyb 30 yil boşqargan bu insonning hayoti haqida omma unça xabardor emas. Qolaversa, sovet davrida xonliklar va ularni boşqargan şaxslar tarixini xolis örganişning iloji yöq edi. Ular haqida faqat qoralab yoziş mumkin bölgan.

Xudoyorxon tarixi

Xudoyorxon 1829 yilda Qöqon xoni Amir Umarxonning amakivaççasi Şeralixon oilasida tuğilgan. Xudoyorxonning tuğilgan va vafot etgan yillari haqida aniq ma’lumot yöq, bu mavzuda tadqiqot olib borgan olimlar uni 1829 yilda tuğilgani haqiqatga yaqinroq deyişgan.

Xudoyorxonning Qöqon taxtini egallaşi Buxoro amiri Nasrulloning Qöqon xonligiga bostirib borib, Muhammad Alixonni (Qöqon xoni Amir Umarxon va Nodirabegimning farzandi. Otasidan söng Qöqon xoni bölgan) taxtdan ağdarişi bilan boğliq.

1842 yilda Amir Nasrullo Qöqonga qöşin tortadi. Bölib ötgan janglarda Qöqon xoni Muhammad Alixon yengiladi. Amir Nasrullo uning özini va oila a’zolarini gödaklarigaça qatl ettiradi. Söng Qöqon taxtiga Xudoyorxonning otasi Şeralixonni (Amir Umarxonning amakivaççasi) ötqazib Buxoroga qaytadi.

Şeralixon xonlik taxtida 3 yil ötirgaç, uning örniga akasining öğli Murodxon Qöqon xoni böladi. Murodxon davlatni atigi bir neça oy boşqaradi va Musulmonqul boşliq qipçoqlar tomonidan öldiriladi.

Şundan söng 1845 yilda Musulmonqul 16 yoşli Xudoyorxonni Qöqonning yangi hukmdori deb e’lon qiladi. Söng Xudoyorxonga qizini uzatib, uni kuyov qiladi va amalda xonlikni özi boşqara boşlaydi.

Oradan bir neça yil ötib Xudoyorxon Musulmonqulni örtadan kötarmasa, Qöqon xonligining tölaqonli hukmdori böla olmasligini tuşunib yetadi. U 1852 yilda işonçli odamlari bilan Musulmonqulga qarşi boş kötaradi va uni hibsga olib qatl etadi. Söng xonlikni mustaqil boşqara boşlaydi.