12:55 / 23.11.2022
6516

Xorazm viloyati Hazorasp tumani - ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining yangi manziliga xush kelibsiz!

Foto: ISHONCH

Xorazm viloyatining tarkibiga kiruvchi Hazorasp tumanida ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining yangi savdo do‘koni aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Respublikaning barcha hududlarida, ayniqsa chekka tumanlarida aholini keng turdagi mahsulotlar bilan ta’minlash, ularga sifatli xizmat ko‘rsatishni asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilab olgan ISHONCH kompaniyasi, ushbu maqsadlarga erishish yo‘lida muvaffaqiyat qozonmoqda.

Foto: ISHONCH

Hozirda respublikamizning barcha hududlarida ISHONCH do‘konlar tarmog‘i samarali faoliyat olib bormoqda va unumli natijalarga erishmoqda. Shu jumladan, endi hazoraspliklar ham ushbu do‘konlar tarmog‘ining xizmatlaridan, jozibador takliflaridan foydalanishi, aksiyalar va tanlovlarda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Foto: ISHONCH
Foto: ISHONCH

Ta’kidlash kerakki, do‘konlarda aholining tanlovi uchun nihoyatda keng assortimentdagi mahsulotlar va ularni xarid qilish uchun yetarlicha qulay shartlar taqdim etilgan. Xaridorlar istalgan mahsulotni 1 yilgacha bo‘lgan davrga muddatli to‘lovga olishlari mumkin. Shuningdek, amalga oshirilgan har bir xarid uchun, xarid qiymatidan 3% miqdorida BONUS taqdim etiladi va ulardan kelgusida boshqa mahsulotlarni xarid qilishda foydalanish mumkin. Davlat tashkilotlarining xodimlari va nafaqadagi fuqarolar uchun yana bir qulaylik ko‘zda tutilgan bo‘lib, shartnoma rasmiylashtirishda ularning pasport taqdim etishlari yetarli bo‘ladi. Uygacha yetkazib berish, o‘rnatish va foydalanishni o‘rgatish kabi qo‘shimcha qulayliklar xaridorlar ishini ancha yengillashtiradi.

Foto: ISHONCH
Foto: ISHONCH

Shubhasiz, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishda, ularga zarur mahsulotni tanlashda yordam berib, kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlashda do‘kon xodimlarining hissasi katta. Har bir xodim o‘z lavozim vazifalari doirasida maxsus ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari orqali o‘qitiladi, muntazam ravishda o‘z malakasini oshirib boradi. Mutaxassislarning kasbiy o‘sishi va rivojlanishi uchun yaxshi imkoniyatlar taqdim etiladi. Kompaniyada ishlash istagida bo‘lganlar o‘z anketalarini Telegram orqali https://t.me/ishonchanketabot to‘ldirib qoldirishlari va https://t.me/hrfmishonch Telegram-kanali orqali bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olishlari mumkin.

Shu bilan birga, do‘konlar tarmog‘ida mijozlar uchun turlicha foydali va qiziqarli aksiyalar o‘tkazib kelinadi. Ayni paytda do‘konlar tarmog‘ida ISHONCHLI MIJOZ aksiyasi keng ko‘lamda o‘tayotgan bo‘lib, uchinchi bosqich g‘oliblari aniqlangan va sovrinlar topshirilgan. Oldinda aksiyaning yana ikkita bosqichi bor, ishtirok etish uchun ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining istalgan filialida 4 mln so‘m va undan yuqori xaridni amalga oshirish natijasida 5 ta Chevrolet Nexia 3 avtomobili yoki qimmatbaho maishiy texnikalardan birini yutib olishingiz mumkin. Aksiya shartlari haqida batafsil www.ishonchaksiya.uz saytida tanishib chiqish imkoniyati mavjud.

Batafsil ma’lumot uchun:

+99873 515 22 22

t.me/ishonchadmin 1

Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari:

Telegram: t.me/ishonchsavdo

Instagram: instagram.com/ishonchsavdouz

Facebook: facebook.com/ishonchsavdouz

YouTube: youtube.com/c/Ishonchsavdo

Reklama

Mavzuga oid
Top