“Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida ötgan 4 yil davomida respublika böyiça jami 872 mln tup daraxt va buta köçatlari ekildi. “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil bahor mavsumida 125 mln tup köçat ekiş rejalaştirilgan bölib, amalda hududlar tuproq-iqlim şaroitiga mos 136,9 mln tup, şundan, örmon fondi yerlarida 8,3 mln tup daraxt va buta köçatlari ekildi.
Köçat ekiş tadbirlari uçun 90 ta yangi suv çiqariş quduqlari va 478,45 km masofada suğoriş tizimlari işga tuşirildi. Suğoriş imkonsiz bölgan hududlarga 460 ta texnika biriktirildi. 2025 yilda örmon xöjaliklari tomonidan loyiha doirasida 30 mln tup köçat tayyorlab berilişi belgilangan bölib, bahor mavsumida dastlabki 14 mln tup daraxt va buta köçatlari yetkazib berildi. Qolgan qismi kuzgi mavsumda yetkazib berilişi rejalaştirilgan.
Maktab va maktabgaça ta’lim muassasalariga 406 ming 372 tup, soğliqni saqlaş muassasalariga 492 ming 623 tup va respublikadagi 1024 ta mahallaga 808 ming 200 tup köçat yetkazib berildi. Orol dengizining qurigan tubi va Orolböyi hududlarida 126,2 ming gektar, jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasida 71,9 ming gektar, Buxoro viloyatida 23,3 ming gektar, Navoiy viloyatida 16 ming gektar va Xorazm viloyatida 15 ming gektar maydonda “yaşil qoplamalar” barpo etildi. Çöl, toğ va toğoldi hududlarda tuproq eroziyasiga qarşi 256 gektar himoya örmonzorlari barpo etildi.












