Qamchiq dovonidagi postlarda «yashil» va «qizil yo‘lak» 1 dekabrdan ishga tushadi
Hech qanday qoidabuzarlik sodir etmagan haydovchilar «Yashil yo‘lak» orqali o‘z mashinasida cheklovlarsiz harakat qilsa, «Qizil yo‘lak»ka qidiruvda bo‘lgan yoki so‘ndirilmagan jarimasi bo‘lgan haydovchilar holatni aniqlashtirish maqsadida kiritiladi.

Avtotransport vositalarining «yashil» va «qizil» yo‘lak tamoyili asosida harakatlanish tartibi 2022 yil 1 dekabrdan boshlab Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» YPX va Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan «Namangan» YPX statsionar postlarida joriy etiladi.
Bunda postga yaqinlashgan avtotransport vositasining davlat raqami elektron tablolarda aks ettirilib, qaysi yo‘lak orqali harakatlanishi avtomatik tarzda ko‘rsatib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 iyuldagi «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 377-sonli qaroriga ko‘ra, yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida tashkil etiladigan:
«Yashil» yo‘lakdan — belgilangan qoidalarga rioya etadigan va huquqbuzarlik sodir etmagan transport vositalari haydovchilari hech qanday to‘siqsiz va cheklovlarsiz harakatlanadi;
«Qizil» yo‘lakdan — qidiruvda bo‘lgan, sug‘urta polisining muddati o‘tgan, belgilangan muddatda texnik ko‘rikdan o‘tmagan, vazn va hajm parametrlarini buzib harakatlanayotgan yoki yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun o‘z vaqtida to‘lanmagan jarimasi mavjud bo‘lgan transport vositalari harakatlanadi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, birinchi bosqichda Qamchiq dovonidagi ikkita statsionar postda «yashil» va «qizil» yo‘lak ishga tushadi.
Ikkinchi bosqichda 2023 yilning iyul oyigacha Andijon, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahriga kirishdagi statsionar postlar; uchinchi bosqichda 2024 yilning fevral oyiga qadar Sirdaryo, Namangan, Jizzax va Samarqand viloyatidagi statsionar postlar; 4-bosqichda 2024 yilning iyul oyiga qadar Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatidagi statsionar postlar; 5-bosqichda 2025 yilning fevraliga qadar Buxoro va Navoiy viloyatidagi statsionar postlar; 6-bosqichda 2025 yilning iyuliga qadar Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi statsion postlarda ham «yashil» va «qizil» yo‘laklar ishga tushiriladi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiyani ikki ozarboyjonlikni o‘ldirganlikda aybladi va tergov talab qildi
Jahon | 23:45 / 28.06.2025
-
Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi
Jamiyat | 23:10 / 28.06.2025
-
Isroil Eronni jilovlash bo‘yicha yanada keskin siyosat boshlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:02 / 28.06.2025
-
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:00 / 28.06.2025
Mavzuga oid

10:57 / 09.01.2025
Qamchiq dovonidagi zaxira yo‘lda qor uchgani chiqqan 2 kishi vafot etdi

16:47 / 10.11.2024
Qamchiq dovonida to‘xtatilgan mashinadan ko‘p miqdorda psixotrop dori vositalari topildi

14:57 / 05.11.2024
Qamchiq dovonida yana yuk mashinasi yonib ketdi

15:34 / 03.11.2024