23:40 / 28.11.2022
31790
Qozog‘iston prezidenti Rossiya va O‘zbekiston bilan uch tomonlama ittifoq tuzish g‘oyasi haqida gapirdi 

Taklif Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan berilgan, Qosim-Jo‘mart To‘qayev uni qo‘llab-quvvatlashini aytdi. 

Vladimir Putin va Qosim-Jo‘mart To‘qayev / Foto: wikimedia

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonning o‘ziga xos uch tomonlama ittifoqini tashkil etish, shu jumladan, gaz sohasidagi muammolarni hal qilish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 

«Ha, qo‘shimcha muvofiqlashtirishni va hatto muzokaralarni talab qiladigan masalalar bor. Xususan, gap gaz sektori haqida ketyapti. Lekin biz qandaydir masalani dramalashtirmayapmiz. Men Vladimir Vladimirovichga shunday masalalar borligini aytdim, ular muhokama talab qiladi, lekin mutlaqo dramatizatsiyani emas. Bu ish yuzasidan bo‘ladigan masalalar», dedi To‘qayev. 

Qozog‘iston prezidenti bu so‘zlarni Kremlda, Rossiya-Qozog‘iston muzokaralaridan keyin Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytgan. Uning so‘zlarini Interfax keltirmoqda.

To‘qayev «tegishli kelishuvlarga erishamiz» deb ishonch bildirdi. «Bundan tashqari, bugun Vladimir Vladimirovich qandaydir uch tomonlama ittifoq tuzishimiz kerakligini aytdi va u O‘zbekiston prezidentiga qo‘ng‘iroq qilmoqchi», — dedi To‘qayev. 

Uning qo‘shimcha qilishicha: «Kerakli natija va kelishuvga erishish uchun biz ham bu masala mohiyatini tushunib olishimiz kerak, har holda o‘zim ham. Mutaxassislarimizni aytmasayam bo‘ladi. Nega endi yo‘q bo‘lishi kerak?» deb xulosa qildi Qozog‘iston rahbari. 

Top