13:10 / 01.12.2022
12643
Vazirlar Mahkamasida lavozim tayinlovi amalga oshirildi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. 

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Boriyxon Hojixonov yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish kotibiyatida neft, gaz va kimyo sanoatini rivojlantirish sektori mudiri etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida «O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – energetika vaziri hamda yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish kotibiyatining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi hukumat qarori qabul qilingan edi.

Sentyabr oyi oxirida prezident farmoni bilan Jo‘rabek Mirzamahmudov Bosh vazirning yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – energetika vaziri lavozimiga tasdiqlangan edi.

Mavzuga oid
Top