07:41 / 02.12.2022
1282
O‘zbekiston va Gruziya siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib oldi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyev Gruziyaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Zurab Abdushelishvilini qabul qildi.

Foto: Dunyo

Ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni to‘g‘risida fikr almashildi.

Ikki mamlakat parlamentlari, hukumatlari, vazirliklari va idoralari yo‘nalishidagi muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvali, shu jumladan, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya navbatdagi yig‘ilishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. 

2023 yil birinchi choragida O‘zbekiston va Gruziya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Tomonlar iqtisodiyot, transport, turizm va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligi tasdiqlandi.

Top