12:06 / 02.12.2022
44631
O‘zbekistonda ham Cobalt'ning yangilangan versiyasi ishlab chiqarilishi mumkin

Yangilangan Cobalt'ning qachondan sotuvga chiqarilishi va narxlari qanday bo‘lishi hozircha noma’lum.

Tez orada O‘zbekistonda ham Chevrolet Cobalt avtomobilining yangilangan versiyasini ishlab chiqrish boshlanishi kutilmoqda. Kun.uz manbasiga ko‘ra, hozirda bu borada GM kompaniyasi bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Yangilangan Sobalt'ni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi va sotuvga chiqarilishi bo‘yicha muddatlar ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, UzAuto Motors yangi Cobalt avtomobilini 2019 yildan boshlab ishlab chiqarishni boshlashi reja qilingan edi, ammo kompaniya bu rejadan voz kechgandi.

«Yangi Sobaltʼni yangi deb bo‘lmaydi. Braziliyadagi GM kompaniyasi bu loyihani 2016 yilda joriy qilgan, shu yilning oxirida Sobalt u yerda ham ishlab chiqarishdan olinadi. Biz eski modellar ortidan quvish maqsadga muvofiq emas, deb hisoblaymiz. Shunga ko‘ra, yangi Sobalt ishlab chiqarish rejasi bekor qilinadi», – deya ushbu qarorga izoh bergandi «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Aziz Shukurov.

Top