11:10 / 05.12.2022
1753

Yagona portalda ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati ishga tushdi

Endilikda fuqarolar my.gov.uz orqali ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqlarni masofadan turib davlat ro‘yxatidan o‘tkazish imkoniyatiga ega.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Yagona portal xabariga ko‘ra, buning uchun jismoniy yoki yuridik shaxs: my.gov.uz’da ro‘yxatdan o‘tadi; «Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish» xizmatini tanlaydi; ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatni ilova qiladi.

Xizmat ko‘rsatish muddati murojaat turiga qarab: 2 ish kunidan 5 ish kunigacha.

Xizmat narxi: BHM 1 baravari va har 1 gektar dov-daraxtlar bilan egallangan yer uchastkasi uchun BHM 7 foizi miqdorida.

Mazkur jarayon ko‘p yillik dov-daraxtlar turlari, soni va ular egallagan maydon to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘chmas mulk obektiga bo‘lgan huquqlar davlat reyestriga kiritilishi orqali amalga oshiriladi.

Top