10:50 / 15.12.2022
8129
Rossiya Qora dengizga sakkizta «Kalibr»li raketa tashuvchini olib keldi

Rossiya Qora dengizda sakkizta «Kalibr» rusumli raketaga ega raketa tashuvchi kemasini jangovar navbatga qo‘ydi.

RF shu tariqa mintaqadagi kemalar guruhini sakkizta birlikka oshirdi, deb xabar berdi «Yug» operativ qo‘mondonligi matbuot kotibi Vladislav Nazarov. 

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, «mas’uliyat zonasida vaziyat barqaror va Mudofaa kuchlari tomonidan nazorat qilinadi».

Avvalroq Ukraina dunyodagi ilk ekipajsiz katerlar flotini qurish uchun pul yig‘ishni boshlagandi. Ushbu kampaniya prezident Volodimir Zelenskiyning Telegram kanalida e’lon qilindi. 

Prezident Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, dengiz dronlari Ukrainaga dengiz suvlari va tinch aholi yashovchi shaharlarni rus kemalaridan otiluvchi raketalardan himoya qilish uchun kerak.

Bundan tashqari, Zelenskiyning yozishicha, Ukraina qurolli kuchlari ushbu katerlardan Ukraina portlaridan don olib ketayotgan fuqarolik kemalariga qo‘yilgan blokadani olib tashlashda ham foydalanadi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top