11:05 / 24.12.2022
4370
Prezident va nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari e’lon qilindi

Respublika OTMning bakalavriat bosqichida o‘qiyotgan 566 nafar talaba 2022-2023 o‘quv yili uchun prezident va nomdor davlat stipendiyalari egasiga aylandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xabar qilishicha, eng ko‘pi, 324 nafar talaba Navoiy nomli davlat stipendiyasini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, quyida qancha stipendiat qaysilariga loyiq topilgani bilan tanishish mumkin:

  • Prezident davlat stipendiyasi – 72 nafar
  • I.Karimov nomli davlat stipendiyasi – 100 nafar
  • Beruniy nomli davlat stipendiyasi – 95 nafar
  • Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi – 26 nafar
  • Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi – 22 nafar
  • Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi – 3 nafar
  • Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi – 8 nafar
  • To‘lapbergan Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi – 6 nafar

Qayd etilishicha, Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablag‘i bilan mukofotlanadi.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor bo‘lolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik pul mablag‘i bilan rag‘batlantiriladi.

Top