00:19 / 06.01.2023
36128

Dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingi tuzildi

Birinchi o‘rinni «Borussiya Dortmund» va Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jud Bellingem egalladi.

Jud Bellingem / Foto: Getty Images

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) transfer qiymati eng yuqori bo‘lgan futbolchilar reytingini tuzdi. 

Birinchi o‘rinni «Borussiya Dortmund» va Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jud Bellingem egalladi. Uning transfer qiymati 208,2 mln yevroga baholangan. 

Ikkinchi o‘rinda «Manchester Siti» va Angliya milliy jamoasi hujumchisi Fil Foden (€200,5 mln), uchinchi o‘rinda «PSJ» va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe qayd etilgan (€190,7 mln). 

Top-10 futbolchilar reytingi quyidagicha: 

Jud Bellingem («Borussiya» Dortmund) — €208,2 mln;

Fil Foden («Manchester Siti») — €200,5 mln;

Kilian Mbappe (PSJ) — €90,7 mln;

Vinisius Junior («Real») — €190,5 mln;

Erling Holand («Manchester Siti») — €174,9 mln;

Pedri («Barselona») — €170,2 mln;

Gavi («Barselona») — €147,6 mln;

Jamol Musiala («Bavariya») — €145,1 mln;

Yoshko Gvardiol («Leypsig») — €125,8 mln;

Federiko Valverde («Real») — €123,5 mln. 

Top