12:08 / 07.01.2023
5415
Bozorlardagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari ma’lum qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazildi.

Qo‘mita uning natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini ma’lum qildi.

2023 yil 5 yanvar holatiga 

  • suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 49 500 – 80 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 54 000 – 91 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kg) ➖ 3 300 – 6000 so‘m;
  • piyoz (1 kg) ➖ 3 000 – 6 000 so‘m;
  • sabzi (1 kg) ➖ 2 000 – 5 000 so‘m;
  • tuxum (10 dona) ➖ 11 000 – 18 000 so‘m;
  • guruch (1 kg) ➖ 6 000 – 27 000 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 16 000 – 30 000 so‘m;
  • shakar (1 kg) ➖ 11 000 – 14 000 so‘m.

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mavzuga oid
Top