23:38 / 11.01.2023
6706

Eron mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari o‘limga hukm qilindi

U Britaniya foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topildi. 

Foto: Twitter

Eron mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari, 1995 yildan 2005 yilgacha prezident Muhammad Xotamiy davrida bu lavozimda ishlagan general Ali Rizo Akbariy Britaniya foydasiga josuslik qilgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Al Arabia xabar berdi. 

«Eron razvedka vazirligi o‘z bayonotida Akbariyni Britaniyaning MI6 maxfiy xizmatining «eng muhim agentlaridan biri» deb atadi va u Britaniya razvedkasiga Eron haqida qimmatli ma’lumotlarni yetkazganini aytdi», deyiladi xabarda. 

Akbariyni aniqlash va qo‘lga olish uchun Eron kontrrazvedkasi uzoq muddatli va ko‘p bosqichli maxfiy operatsiyani amalga oshirgan. 

Nashrning yozishicha, Akbariy Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan va 2019-2020 yillar oralig‘ida hibsga olinib, ayblov e’lon qilinganidan so‘ng, hukm ustidan shikoyat qilgan, biroq Eron Oliy sudi apellyatsiyani rad etgan. 

Mavzuga oid
Top