19:42 / 11.01.2023
10084

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda yo‘lovchi halok bo‘ldi

Nexia’ning ortidan urgan Damas yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Foto: Videodan kadr

Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida yo‘lovchi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa 2023 yil 5 yanvar kuni 14:30 larda M-39 avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumanidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.

Damas mashinasi o‘zidan oldinda, Termiz-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Nexia mashinasining ortidan urgan va yo‘l chetiga ag‘darilgan.

Oqibatda, Damas yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Top