14:21 / 14.01.2023
3872

Geografik obektga nom berishda mahalliy aholi fikrini hisobga olish joriy etilyapti

Vazirlar Mahkamasining “Geografik obektlarga nom berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasi bilan geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari namunaviy tarkibi tasdiqlanmoqda.

O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning toifalarini aniqlash mezoni belgilanmoqda.

Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha respublika hamda hududiy komissiyalar tomonidan geografik obektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirishda mahalliy aholining geografik, tarixiy, milliy etnik, tilga oid va boshqa xususiyatlarini o‘rganish hamda mahalliy aholining fikrini hisobga olish joriy etilmoqda.

Mavzuga oid
Top