Asosiy maqsadi geografik körsatkiçlarni rivojlantiriş, ularni tarğib qiliş, jumladan xorijiy davlatlarda tarğib qiliş, tijoratlaştiriş işlarida tadbirkorlik sub’yektlariga va hunarmandlarga huquqiy hamda uslubiy yordam körsatiş hisoblanadigan oriGIn Uzbekistan − muassasa şaklidagi nodavlat notijorat taşkiloti taşkil etiladi.

Geografik körsatkiç hisoblangan tovar işlab çiqaruvçilarining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi huzuridagi Turizm qömitasi tomonidan röyxati şakllantiriladigan xalqaro turizm yarmarkalari va körgazmalarida iştirok etişi bilan boğliq xarajatlari Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy budjetlari mablağlari hisobidan kompensatsiya qilinadi.

Har yili geografik körsatkiçlar festivallarini ötkazib boriş belgilanyapti.

Adliya vazirligi muassisligida taşkil etiladigan oriGIn Uzbekistan muassasa şaklidagi nodavlat notijorat taşkilotining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni belgilaş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi:

  • tadbirkorlik sub’yektlariga geografik körsatkiçlarni aniqlaş hamda ularni davlat röyxatidan ötkazişda bepul huquqiy va uslubiy yordam körsatiş;
  • aholining geografik körsatkiçlar haqidagi xabardorligini oşiriş böyiça tarğibot işlarini amalga oşiriş;
  • milliy geografik körsatkiçlarni xorijiy mamlakatlarda tarğib qiliş çoralarini köriş;
  • geografik körsatkiçlarni rivojlantiriş va huquqiy muhofazasini ta’minlaş holatini tahlil qiliş, tahlil natijalariga köra amaldagi qonunçilikni takomillaştiriş yuzasidan takliflar işlab çiqiş;
  • tadbirkorlik sub’yektlariga geografik körsatkiçlardan foydalaniş böyiça birlaşmalar tuzişga kömaklaşiş.

Quyidagilar oriGIn Uzbekistan muassasasi faoliyatini moliyalaştiriş manbalari sifatida belgilanadi:

  • davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida Adliya vazirligi hamda boşqa davlat organlari va taşkilotlarining şartnoma asosida muassasaga töğridan töğri ajratiladigan budjetdan taşqari mablağlari;
  • yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriyalari;
  • xalqaro institutlar va xorijiy nohukumat taşkilotlarining moliyaviy mablağlari;
  • qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar.
  • oriGIn Uzbekistan muassasasi Toşkent şahar, Şayxontohur tumani, Xadra mavzesi, 33-uyga tekin foydalaniş huquqi asosida joylaştiriladi.