1 noyabr kuni AOKAda ötkazilgan brifingda Davlat kadastrlari palatasi Respublika toponimika xizmati boşqarmasi boşliği Dilnoza Kamolova ijtimoiy tarmoqlarda notöğri talqin qilinib, köp tanqidga uçraydigan ayrim joy nomlari haqida ma’lumot berdi.

“Facebook, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi foydalanuvçilar tomonidan joy nomlari bilan boğliq “Kuling, umringiz uzayadi”, “Özbekistondagi ğalati nomlar” sarlavhasi ostida qöyilgan postlarga tez-tez közimiz tuşadi. Töğri, postlarda keltirilgan nomlar bir qaraşda kulgili yoki ğalati tuyulişi mumkin, albatta. Lekin özbek xalqining köp asrlik tarixi, madaniyati, joyning xususiyatini tuşungan kişi uçun bu nomlar kulgili ham, baçkana ham, ğalati ham emas aslida”, — deydi Respublika toponimika xizmati rasmiysi.

Foto: AOKA

Dilnoza Kamolova Özbekistonda köp tanqidga uçraydigan ayrim joy nomlari va ularning tarixiga izoh bergan.

  • Yalanğoç — çiroyli yer demakdir. Örta asrlarda ijod qilgan Mahmud Koşğariy turkiy sözlar luğati deya nom qozongan “Devonu luğatit turk“ asarida “Yalanğoç“ — tep-tekis, yalanglik, ya’ni oçiq joy degan ma’noni berişini qayd etgan. Çiroyli, keng tekislik joylarni yalanğoç deyişgan, bu eski sof özbek tilidagi nom hisoblanadi. Yalanğoç – hozirda Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanidagi kiçik dahaning nomi.
  • Xartum – Andijon viloyatidagi qadimiy qişloq nomi. Andijonsoy örni bölmiş qadimgi daryo özanining şaklan xartumga öxşaş adir bilan kesişadigan joyi.
  • Oyoq – Xorazm viloyatidagi qişloq nomi. Turkiy söz hisoblangan “Oyoq” – past degan ma’noni ifodalab, “pastki qişloq” ma’nosini anglatadi.
  • Yaypan – Farğona viloyatidagi şaharça nomi. Qöqon xonligining arxiv hujjatlarida “yozi payon” ya’ni tekislik, yalanglik ma’nosini beruvçi geografik termin sifatida işlatilgan.
  • Takalik – Jizzax viloyatining Nurota toğ tizmasida joylaşgan dovon bölib, toğ eçkisi köp bölgan joy ma’nosida.
  • Lağmon – Qaşqadaryo viloyatidagi qişloq nomi. Lahm, lağm – yer, ya’ni ostidan yer ustiga suv çiqaradigan anjom ma’nosida.