10:11 / 23.01.2023
7544

Tekshirishlarni ro‘yxatga olishni elektron yuritish qonun bilan belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

Foto: Getty Images

Shunga ko‘ra, “O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi qonunga tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil vazifalariga quyidagilar qo‘shildi:

  • tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobini elektron yuritish;
  • majburiy talablar elektron reyestrini yuritish.

“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari quyidagilarni qo‘shimcha ravishda amalga oshiradi:

  • malaka imtihonini o‘tkazish reglamentini, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, muddatini uzaytirish va tugatish tartibini, auditorlar malakasini oshirishga oid namunaviy dasturni tasdiqlaydi;
  • malaka imtihonini o‘tkazadi;
  • auditorning malaka sertifikatini beradi.
Top