12:34 / 24.01.2023
2940
O‘zbekiston Singapur startaplarini Markaziy Osiyo bozoriga kirishda qo‘llab-quvvatlaydi

IT Park direktori boshchiligidagi mamlakat vakillari Singapur hukumati Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi Enterprise SG davlat tashkiloti ofisida bo‘ldi.

Foto: it-park.uz

Enterprise SG vakillari mehmonlarga o‘zlarining asosiy vazifalari va istiqbollari haqidagi ma’lumotlarni o‘rtoqlashdi. Enterprise SG rahbariyati mahalliy startaplarda o‘zbekistonlik IT-mutaxassislarni ishga olishdan manfaatdorligini bildirdi.

IT Park rahbariyati uchrashuv davomida O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalar uchun alohida biznes sharoitlari va maxsus imtiyozlar mavjudligini, Singapur startaplarini Markaziy Osiyo bozoriga kirishda qo‘llab-quvvatlovchi davlatga aylanishi mumkinligini ta’kidladi. O‘zbekiston uchun ham filiallar ochilishi ish o‘rinlari soni ko‘payishi, xorijlik hamkasblar bilan tajriba almashish kabi qator afzalliklarga ega.

Muhokama IT va startap ekotizimini rivojlantirish bilan bog‘liq tomonlarni qiziqtirgan boshqa yo‘nalishlar, Singapur startap ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan Startup SG (Enterprise SG bo‘limi) tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda startaplar ishtirokini ham o‘z ichiga oldi.

Top