08:23 / 25.01.2023
7967
OAV: AQSh Ukrainaga M1 Abrams tanklarini berishga tayyor

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga M1 Abrams jangovar tanklarini yetkazib berishga tayyor, deya xabar bermoqda AP Jo Bayden ma’muriyati vakillariga tayanib. 

Foto: picture-alliance/Newscom/J. Farmer

Tafsilotlar hozircha ishlab chiqilmoqda, deb yozadi axborot agentligi. 

Suhbatdoshlardan biri tanklar Kiyev uchun Ukraina xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bo‘lajak tashabbus doirasida sotib olinishini ta’kidladi, bu esa qurol va texnikani uzoq muddatli moliyalashtirishni nazarda tutadi. 

AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi bu ma’lumotni tasdiqlashdan bosh tortdi. «Hozir hech narsa e’lon qila olmayman», dedi u jurnalistlarga.

18 yanvar, chorshanba kuni AQSh mudofaa vaziri o‘rinbosari Kolin Kal Qo‘shma Shtatlar hali Ukrainaga Abrams tanklarini yetkazib berish niyatida emasligini ma’lum qilgandi.

Ushbu qarorga sabab - bu tanklarda «xizmat ko‘rsatish tizimi oson emas» edi. Abrams tanklari qimmat, murakkab tayyorgarlikni talab qiladi va ko‘p yonilg‘i sarflaydi, deya rasmiy so‘zlaridan iqtibos keltirgan AFP.

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ukrainaliklarga ular ta’mirlashi va texnik xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lmagan hamda uzoq muddatda sotib olishga qurbi yetmaydigan qurollarni yetkazib berishni istamayapti, chunki bu - «befoyda», dedi Kal. 

«Gap ramziy jihatdan qimmat narsada emas, balki Ukrainaga jang maydonida haqiqatan nima yordam berishida», - dedi mudofaa vaziri o‘rinbosari. Shu bilan birga, Kal Qo‘shma Shtatlar kelajakda Ukrainaga Abrams tanklarini yetkazib berishi mumkinligini butunlay inkor etmadi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top