Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Ozarboyjonga avtomobil qismlarining katta partiyasini yetkazib berdi
Ehtiyot qismlar UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan jo‘natilgan.
O‘zbekiston Turkmanistonning Turkmanboshi dengiz porti orqali Ozarboyjonga avtomobil qismlarining katta partiyasini yetkazib berdi. Turkmenportal xabariga ko‘ra, yuklar Turkmanboshi xalqaro dengiz porti orqali tranzit sifatida 40 futli yuzdan ortiq konteynerda jo‘natilgan.
Avtomobil ehtiyot qismlari ortilgan konteynerlar Ozarboyjonning «Azermash» kompaniyasi uchun mo‘ljallangan, deb xabar berdi Turkmaniston dengiz va daryo transporti agentligi.
Avtomobilsozlikda foydalaniladigan ehtiyot qismlar UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan jo‘natilgan, port orqali yuk tashish esa «Turkmaniston Transport-logistika markazi» tomonidan amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
19:52 / 19.01.2026
BAAda Shayx Zayd mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
16:04 / 17.01.2026
Ozarboyjon Germaniya va Avstriyaga gaz yetkazib berishni boshladi
19:01 / 12.01.2026