10:00 / 27.01.2023
13989

“O‘zbekneftgaz”: “Ishchi guruh” tomonidan Ustyurt regionida gaz qazib chiqarish va zaxira hajmini oshirish borasida bajarilayotgan ishlar holati o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilishda qo‘yilgan vazifalar, shuningdek Prezident Administratsiyasi rahbari boshchiligida energetika sohasida yuzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari tomonidan tabiiy gaz qazib chiqarishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganilmoqda.

“O‘zbekneftegaz” AJ Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari Ustyurt regionida bo‘lib, anomal sovuq harorat davom etayotgan davrda boshqarmada 2023 yilda rejalashtirilgan geologik texnik tadbirlar ijrosi, xususan uglevodorodlar zaxiralarini ko‘paytirish, konlardan tabiiy gaz qazib chiqarishni oshirish hamda texnologik obektlarni ishga tushirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda joylarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Nazorat ishlari Ustyurt regionida uglevodorodlar zaxirasini o‘stirish Dasturi doirasidagi ishlarni joyida nazorat qilish maqsadida mavjud konlarning quyi qatlamlari istiqbolligini o‘rganish bo‘yicha burg‘ilanayotgan “Quyi Sharqiy Berdax” 5-sonli, “Quyi Shimoliy Berdax” 4-sonli izlov qidiruv quduqlaridagi burg‘ilash jarayonlari holatini o‘rgandi.

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida konlardan gaz qazib chiqarishni oshirish yo‘nalishida burg‘ilashdan ishga tushiriladigan “Sharqiy Berdax” 100-sonli, “Quyi Sharqiy Berdax” 11-sonli ishlatish quduqlarida burg‘ilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar joyidan nazorat qilindi.

Ta’kidlash kerakki, gaz qazib chiqarishning barqarorligini ta’minlashda quduqlarni kapital ta’mirlash ishlari ham muhim ahamiyatga ega va ushbu yo‘nalishdagi ishlar holatini o‘rganish uchun “Ishchi guruh” a’zolari “Sharqiy Berdax” konidagi 32, 33 va 35-sonli quduqlarida bo‘ldi.

Shundan so‘ng, “Sharqiy Arslon” istiqbolli maydonidagi 1-sonli izlov-qidiruv qudug‘ini burg‘ilash ishlari ham joyidan o‘rganildi. O‘rganishlar davomida shu yerda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning ish va yashash sharoitlari ham ko‘rib chiqildi. Sovuq havo harorati inobatga olingan holda zarur shart-sharoitlar yaratib berish bo‘yicha tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Ish maydonlarida pudratchi tashkilotlar rahbarlari bilan mavjud muammoli masalalar muhokama qilinib, “O‘zbekneftgaz” AJ departamentlari va Ustyurt boshqarmasi rahbarlariga har bir quduq kesimida amalga oshirilayotgan burg‘ilash ishlariga mas’ullarni biriktirish, ular tomonidan doimiy nazorat qilishni tashkil etish, zarur moddiy-texnik resurslarni yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, pudratchi tashkilotlar rahbarlarining quduqlarni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha mas’ulligi ta’kidlab o‘tildi.

2023 yilda Ustyurt boshqarmasida geologik texnik tadbirlar doirasida jami 102 ta tadbir bunda;

- 30 ta, shu jumladan 7 ta izlov-qidiruv quduqlarini burg‘ilash;

- 67 ta quduqda kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlarini amalga oshirish;

- 5 ta texnologik obektlarni ishga tushirish, natijada 1,8 mlrd kub metr tabiiy gaz va 15,8 ming tonna suyuq uglevodorodlar qazib chiqarish rejalashtirilgan.

2023 yil yanvar oyining boshidan Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi bo‘yicha jami 3 ta shulardan 2 ta yangi, ya’ni “Quyi Surgil” 24 va 26-sonli quduqlar burg‘ilash ishlaridan va yana 1 ta – “Sharqiy Berdax” 5-sonli qudug‘i kapital ta’mirlash ishlaridan so‘ng ishga tushirilib, natijada kunlik tabiiy gaz qazib chiqarishni 850 ming kub metrga oshirishga erishildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top