Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘quvchi qizlarga tahdid qilgan imom ishdan olinib, 3 sutkaga qamaldi
Toshkent tumani «Eshonxo‘ja ota» masjidi imom-xatibi Avazxo‘ja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda uning arab tilini o‘rganayotgan 16 yoshli qizlarga tahdid ohangida aytgan gaplari audioyozuvi tarqalgan edi.

Foto: YouTube
«Senga kim qo‘yibdi qaysi ustoz qaysi ustozdan kuchliligini? … Kecha ro‘paramga kelganingda boshingni akvariumga tiqmoqchi edim, kecha jahlim chiqib kelgandim. O‘zimni sal bosib oldim bugun. So‘yib tashlayman seni, yuragingni sug‘urib, qo‘lingga olib beraman, tushundingmi?», degan u audioyozuvda.
Audio bo‘yicha Musulmonlar idorasi Ichki nazorat komissiyasi yig‘ilish o‘tkazib, xulosa taqdim qilgan.
«️Yig‘ilishda bu holat imomlik maqomiga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligiga alohida urg‘u qaratildi. Ayniqsa, ichki me’yoriy hujjatlarda belgilangan «fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilish» va «o‘zining xatti-harakati va axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramaslik choralarini ko‘rish» degan bandlarning A.Bahromov tomonidan qo‘pol ravishda buzilishi, deb baholandi. Shuningdek, A.Bahromov arab tili o‘quv kurslarida dars berishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasini belgilangan tartibda xabardor etmagani ham alohida qayd etildi», – deyiladi axborotda.
Ma’lum qilinishicha, Ichki nazorat komissiyasi Avazxo‘ja Bahromovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida xulosa qilgan.
Shuningdek, Bahromov ma’muriy jazo sifatida 3 sutkaga qamalgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilindi
O‘zbekiston | 15:52
-
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27
-
"Yashil" tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 15:19
-
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi
Jahon | 14:49
Mavzuga oid

14:40 / 01.03.2025
Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga bosh imom-xatiblar tayinlandi

14:08 / 16.03.2023
Toshkentdagi 3 ta markaziy masjidga yangi imom-xatiblar tayinlandi

07:57 / 17.11.2022
O‘zbekistonlik imom-xatiblar AQShdagi vatandoshlar bilan uchrashdi

18:16 / 10.11.2021