28 fevral kuni Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Şayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida Surxondaryo, Samarqand hamda Toşkent viloyatlarida faoliyat yuritayotgan tuman va şahar boş imom-xatiblari iştirokida videomuloqot yiğilişi bölib ötdi. Idora matbuot xizmatining xabar berişiça, yiğilişda taşkiliy masalalar körilgan.
Xususan, Surxondaryo viloyati boş imom-xatibi Aliakbar domla Sayfuddinov öz arizasiga köra vazifasidan ozod etilib, Termiz şahridagi «Hakim Termiziy» jome masjidi imom-xatibi vazifasida qoldirildi.

Termiz şahri boş imomi va «Manguzar» jome masjidi imom-xatibi lavozimida işlab kelayotgan Rasuljon domla Abdullayev Özbekiston musulmonlari idorasining Surxondaryo viloyatidagi vakili, viloyat boş imom-xatibi vazifasiga tayinlandi.
Şuningdek, Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani «Oltintepa» masjidida imom-xatib bölib işlab kelayotgan Ahmadxon qori Alimov Özbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili, viloyat boş imom-xatibi etib tayinlandi.

Özbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili vazifasini vaqtinçalik bajarib kelgan Yoqubjon domla Mansurov boş imom-xatib örinbosari va Samarqand tumani «Xöja Ahrori Valiy» jome masjidi imom-xatibi vazifalarida qoldirildi.
Özbekiston musulmonlari idorasi Toşkent viloyati vakili Jasurbek domla Raupov ham öz ixtiyori bilan lavozimidan ozod etilib, Zangiota tumanidagi «Zangiota» jome masjidi imom-xatibi vazifasida qoldirildi.

Toşkent tumani boş imomi va mazkur tumandagi «Hasanboy ota» jome masjidi imom-xatibi vazifasida işlab kelayotgan Doniyor domla Ikromov Özbekiston musulmonlari idorasining Toşkent viloyati vakili, viloyat boş imom-xatibi lavozimiga tayinlandi.

















