11:22 / 31.01.2023
6295

O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiyasi muhokama qilindi

23-30 yanvar kunlari Dushanbe shahrida Tojikiston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlari navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasi loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tkazish masalalari, demarkatsiya xaritalarini yaratish texnologik jarayoni muhokama qilindi.

Muzokaralar doirasida O‘zbekiston-Tojikiston va davlat chegaralari alohida uchastkalarida dala o‘rganish ham o‘tkazildi.

Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi. Navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi.

Top