14:32 / 04.02.2023
6702

Aripov: «2022 yilda O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan savdo aylanmasi 17 mlrd dollarni tashkil etdi»

O‘zbekiston kuzatuvchi davlat maqomida YeOII bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. 

Foto: Kun.uz

Bu haqda 3 fevral kuni O‘zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov Yevrosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi

«Biz asosiy savdo hamkorlarimiz qatoriga kiruvchi assotsiatsiyaning barcha mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish tarafdorimiz. E’tiborlisi, global inqirozga qaramay, biz birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan murakkab sharoitlarga moslasha oldik va iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalarini topdik. O‘zaro aloqalar tufayli o‘tgan yili O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 33 foizga o‘sib, 17 milliard dollarni tashkil etdi», — dedi u. 

Unga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekistonda ittifoq mamlakatlari bilan 1000 dan ortiq yangi qo‘shma korxona tashkil etilgan bo‘lib, ularning soni 5 mingdan oshdi. 

Mavzuga oid
Top