Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 iyun kuni Minsk şahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşining navbatdagi yiğilişida EOII huzuridagi kuzatuvçi davlat rahbari maqomida iştirok etdi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko raisligida ötgan uçraşuvda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, kuzatuvçi maqomida Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel, Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon (videoaloqa orqali) hamda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Baqitjon Sağintayev ham qatnaşdi. Mehmon sifatida Abu-Dabi valiahd şahzodasi Şayx Xolid Ol Nahayon, Möğuliston boş vazirining birinçi örinbosari Nam-Osorin Uçral va MDH Boş kotibi Sergey Lebedev iştirok etdi.

Kun tartibidan köp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qöllab-quvvatlaş, hamkorlikning ustuvor yönalişlarida qöşma dasturlarni amalga oşiriş masalalari örin oldi.

Özbekiston prezidenti nutqida EOII mamlakatlari bilan özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş va çuqurlaştiriş mamlakatimiz taşqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekanini ta’kidladi.

Davlat rahbari EOII bilan şeriklikni rivojlantirişning asosiy yönalişlari böyiça öz nuqtai nazarini bayon qildi. Özaro tovar ayirboşlaşni köpaytiriş uçun qulay şaroitlar yaratiş muhimligi qayd etildi. Özbekiston mamlakatlarimiz örtasidagi erkin savdo zonasi faoliyatini ta’minlaş bilan boğliq barça kelişuvlarni töliq bajarib kelayotgani ta’kidlandi.

Şuningdek, Özbekiston savdoni qöllab-quvvatlaş vositalari va mexanizmlarida – EOII texnik jihatdan tartibga solişning raqamli tizimi va raqamli transport yölaklari ekotizimi, Yevroosiyo qayta suğurtalaş kompaniyasi kabilarda qatnaşişdan manfaatdor ekani qayd etildi.

Şuningdek, taşkilot doirasida işga tuşirilgan «Çegarasiz mehnat» integratsiyalaşgan platformasiga qöşilişga tayyorlik ham bildirildi.