Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 iyun kuni Belarus poytaxti Minsk şahrida Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengaşining yiğilişida nutq qildi.
«Bugun hamkasblarimning nutqlarida jahon iqtisodiyotida vujudga kelayotgan murakkab vaziyatga baho berildi. Proteksionizm va sanksiyalar siyosatining kuçayişi, savdo-logistika zanjirlarining buzilişi va xorijiy şeriklarning investitsiyaviy faolligi qisqarib borişi oqibatlarining salbiy ta’sirini biz Özbekistonda töliq his etmoqdamiz.
Bizning tabiiy va an’anaviy şeriklarimiz bölgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş va çuqurlaştiriş taşqi iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yönalişlaridan biri ekanini ta’kidlab ötmoqçiman», deb söz boşladi davlat rahbari.
Şavkat Mirziyoyev Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan köptomonlama hamkorligi qanday rivojlanayotgani haqida qisqaça ma’lumot berdi.
«Kuzatuvçi davlat maqomidagi tört yillik hamkorlik davrida Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan taşqi savdo aylanmasi 80 foizga ösdi va ötgan yil yakuni böyiça 18 milliard dollarni taşkil etdi. Şuni mamnuniyat bilan ta’kidlamoqçimanki, savdo operatsiyalari nomenklaturasi, avvalambor, sanoat mahsulotlarini yetkazib beriş hisobidan kengaymoqda. Qöşma korxonalar va loyihalar soni uç barobar ösdi.
Joriy yilning mart oyida Qöşma işçi guruhining törtinçi majlisi muvaffaqiyatli ötkazilib, uning yakunida texnik tösiqlarni bosqiçma-bosqiç bartaraf etiş, sanoat kooperatsiyasini çuqurlaştiriş va işbilarmonlik taşabbuslarini rağbatlantiriş böyiça kelişilgan çora-tadbirlar işlab çiqildi.
Biz 40 ta aniq çora-tadbirni qamrab olgan, uç yilga möljallangan yangi rejani amalga oşirişga kirişdik. Özbekiston, şuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining muhim taşabbuslarida, jumladan, “Yevroosiyo agro ekspress”, elektron savdoni rivojlantiriş, yuklarni taşişni raqamlaştiriş va iqlim masalalari kabi loyiha va dasturlarda faol iştirok etmoqda. Aprel oyida barça tartib-taomillarni yakuniga yetkazdik va Yevroosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etiş haqidagi bitimga qöşildik. Bank bilan hamkorlikda infratuzilmani modernizatsiya qiliş, metallurgiya, töqimaçilik, kimyo sohalari va boşqa strategik tarmoqlarda istiqbolli loyihalar portfeli işlab çiqilmoqda», dedi davlat rahbari.
Şavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan şeriklikni yanada rivojlantirişning muhim yönalişlarini körsatib ötdi.












