19:01 / 04.02.2023
18945

Braziliya harbiy-dengiz kuchlari o‘zining yagona aviatashuvchi kemasini cho‘ktirdi

«San-Paulu» aviatashuvchisi hech kimga kerak bo‘lmay qolgan edi.

Foto: AP

Braziliya harbiy-dengiz kuchlari Atlantika okeanida «San-Paulu» aviatashuvchi kemasini sayozlikka botib qolish xavfi tufayli mamlakatning ichki suvlariga kirishi taqiqlanganidan so‘ng, cho‘ktirib yubordi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Kema qirg‘oqdan 350 km uzoqlikda, taxminan 5 km chuqurlikka cho‘kkan. Ushbu hudud navigatsiya va atrof-muhit, baliqchilik va ekotizim xavfsizligini hisobga olgan holda tanlangan.

Braziliya ushbu aviatashuvchini 2000 yilda Fransiyadan sotib olgan edi. U 1960 yilda ishlab chiqarilgan. Ilgari Fransiya undan Tinch okeanida yadroviy sinovlar o‘tkazish uchun foydalangan.

«San-Paulu» aviatashuvchisi Braziliya dengiz flotida bunday turdagi yagona kema edi. U 2021 yilda foydalanishdan chiqarilgan. Keyin u Turkiyaning «So‘k» kompaniyasiga 1,9 million dollarga sotildi. Kemaning yangi egasi uni 2022 yil yozida Turkiyaga olib borib, buzib tashlashi lozim edi. Biroq aviatashuvchi O‘rtayer dengiziga yetib borganidan so‘ng, mahalliy hokimiyat idoralari uning mamlakatga kirishiga ruxsat bermadi.

Kema Braziliyaga qaytarib olib borildi, biroq, u yerda ham atrof-muhit va port xavfsizligi xatari tufayli uni qabul qilishdan bosh tortishdi. Bir necha oy davomida aviatashuvchi mamlakat hududiy suvlarida sarson bo‘lganidan keyin, cho‘ktirib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Top