2022 yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2016 yilga nisbatan 15,3 mlrd kVt⋅soatga yoki 25,9 foizga ko‘paygan.

Foto: KUN.UZ
Energetika vazirligi O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarishning 7 yillik ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. 2022 yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2016 yilga nisbatan 15,3 mlrd kVt⋅soatga yoki 25,9 foizga ko‘paygan.
2016-2022 yillarda O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari:
- 2016 yil - 59,0 mlrd kVt⋅soat;
- 2017 yil - 60,7 mlrd kVt⋅soat;
- 2018 yil - 62,8 mlrd kVt⋅soat;
- 2019 yil - 63,6 mlrd kVt⋅soat;
- 2020 yil - 66,4 mlrd kVt⋅soat;
- 2021 yil - 71,3 mlrd kVt⋅soat;
- 2022 yil - 74,3 mlrd kVt⋅soat.
2022 yilda iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi 2016 yilga nisbatan 16,7 mlrd kVt⋅soatga yoki 36,5 foizga ko‘paygan.
2016-2022 yillarda O‘zbekistonda iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash ko‘rsatkichlari:
- 2016 yil - 45,7 mlrd kVt⋅soat;
- 2017 yil - 47,4 mlrd kVt⋅soat;
- 2018 yil - 50,5 mlrd kVt⋅soat;
- 2019 yil - 52,7 mlrd kVt⋅soat;
- 2020 yil - 55,8 mlrd kVt⋅soat;
- 2021 yil - 59,1 mlrd kVt⋅soat;
- 2022 yil - 62,4 mlrd kVt⋅soat.